Reelix

Foydalanish shartlari

Xizmat

Reelix (nextbyte.uz/reelix) — NextByte tomonidan taqdim etiladigan, sun'iy intellekt yordamida video, animatsiya va dublyaj yaratish xizmati. Xizmatdan foydalanish orqali siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz.

Akkaunt

Ro'yxatdan o'tish Google akkaunt yoki email orqali amalga oshiriladi. Akkauntingiz xavfsizligi uchun o'zingiz javobgarsiz. Bir shaxs sovg'a tangalarni olish uchun bir nechta akkaunt ochmasligi kerak.

Tangalar va to‘lovlar

Tangalar xizmat ichidagi hisob birligidir. Har vazifadan oldin taxminiy narx ushlab turiladi, yakunda haqiqiy narx yechiladi va farq qaytariladi. Bajarilmagan vazifa uchun tangalar to'liq qaytariladi. Sotib olingan tangalar naqd pulga almashtirilmaydi.

Kontent

Siz yaratgan videolar sizga tegishli va ulardan shaxsiy hamda tijoriy maqsadlarda foydalanishingiz mumkin. Siz yuklagan materiallarga (video, rasm) huquqingiz bo'lishi shart.

Taqiqlangan foydalanish

Real shaxslarni ularning roziligisiz tasvirlash, firibgarlik, zo'ravonlik, kattalar uchun mo'ljallangan kontent, nafrat yoki qonunga zid materiallar yaratish taqiqlanadi. Qoidabuzar akkauntlar bloklanadi.

AI natijalari

AI natijalari har doim ham kutilganidek bo'lmasligi mumkin. Xizmat «boricha» taqdim etiladi; NextByte bilvosita zararlar uchun javobgar emas.

O‘zgartirishlar

Shartlar yangilanishi mumkin; muhim o'zgarishlar sahifada e'lon qilinadi.